So'ngi payt...
Kechalari qo'ng'iroq qilsam doim bo'lar band
Ko'nglim negadur g'ash
Balki ko'nglim, haq balki no haq
Bormi o'zi ko'zlaringda haqiqat?
Yo shunchaki o'tkazmoqdamizami vaqt
Xat yozib boshladim ololmaganimdan keyin javob
"Nega mani yo'nalishimga javob bermayapsan?" desam
Deydi: "Bor yonimda odam"
"Duganam bilan sirlashib yotibman"
Sirlaring kim haqidaligini bilaman!
San mani aldama aldashga o'rinma
Kim u qayda ishlashini ham bilaman!
Yurak yig'la mayli, lekin zabon indama
Qani bu yolg'onlar qaygacha borar ekan?
Vijdon degani oz bo'lsa ham qiynalarmikan?
Ko'ramiz, nima foyda topa olar ekan
Yutarmikan yoki yutqizarmikan?
Alamlar ezardi
Axir, bilaman-ku haqiqatni
Alamlar ezardi
Nega bunchalar soxtasan?!
Axir, ko'r emasman
Hammasidan boxabarman!
Agar o'ylab ko'rsam...
Sendayin qizga mos emasman!
Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon!
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'rib boshladi
Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon!
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'rib boshladi
Ha, hammasidan xabarim bor!
Yashirishdan foyda yo
Tan ol, ol hamma narsalaringni
Olib ket, borib unga endi mani yo'qligimni et
Bor, yugur endi u tomon
Axir, ustimdan yurarding, qilmasdan or
Ha yuragim tor, sandan boshqasi sig'masdi
Bor, yuragi kenglarga bor
San birinchi ko'rishgan kuning u bilan
Ishonch chizig'ini kezib o'tgan kuningdan
Yuzimga qo'yding oyoq deb hisoblayman
Va sani eshitishni ham istamayman
Bahonalaringni borib endi unga et
Kechirim so'rama sanda o'zi bormi bet?
Xiyonatingni qaysi axmoq kechirarkin?
Endi sani mandayin kim sevarkin?
Aldab yurgan lablaridan
O'zini tutishi gaplaridan
Uzoqlashib qolganidan
Sezardim yolg'onlarini!
Yuragim xasratlaridan
Ochib yurgan avratlaridan
Qimmatbaho zanjirlaridan
Sezardim yolg'onlarini!
Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon!
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'rib boshladi
Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon!
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'rib boshladi